"Jenoa" hujumchisi "Inter"ga o'tishga yaqin

Alisher
26 yanv 2022
"Inter" yangi zaxira hujumchisi izlamoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Milan klubi "Jenoa" forvardi Felipe Kaysedo bilan shartnoma imzolashga yaqin.

33 yoshli ekvadorlikning amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt uni 2,5 mln evroga baholamoqda.

Kaysedo joriy mavsum barcha musobaqalarda 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.




AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano