Jeko va Emerson 55 mln evro evaziga “Chelsi”ga o'tishga yaqin

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2018, 08:00
Londonning “Chelsi” klubi “Roma” jamoasining bir yo'la ikki futbolchisini o'z safiga qo'shib olishga urinyapti.

Gap hujumchi Edin Jeko va yarim himoyachi Emerson dos Santos haqida ketmoqda. Katta ehtimol bilan bu transferlar dushanba yoki seshanba kuni amalga oshiriladi. Har ikki klubning futbolchilar transferi yuzasidan o'tkazayotgan muzokarasi hal qiluvchi pallaga kelgan. 

Shunda “Chelsi” Jeko va Santosga umumiy 55 million evro to'laydi. Edinning narxi 30, Emersonning transferi esa 20 million evro bo'ladi. Londonliklar qolgan 5 million evroni qo'shimcha bonus sifatida to'lab berishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif