Jeko jamoadoshlaridan kechirim so'radi

Aslanov Jasurbek
29 mar 2019, 16:40
"Roma" hujumchisi Edin Jeko Stefan El-Shaaravi bilan bo'lgan voqea uchun jazolanganidan so'ng jamoadoshlaridan kechirim so'radi.

Futbolchilar SPALga qarshi A Seriyaning 28-tur uchrashuvi (1:2) tanaffusida janjallashib qolishdi. Birinchi bo'lim yakunlanganidan so'ng o'yinchilar kiyinish xonasida mushtlashib ketishiga bir bahya qoldi. Bosniyalik El-Shaaraviga pas bermaganini aytib etiroz bildirdi, italiyalik esa jamoadoshiga qo'pol javob qaytardi. "Roma"ning boshqa futbolchilari mushtlashuvning oldini olishdi.

"Men nohaq edim! Endi yana birgamiz va yuqoriga intila olamiz" - dedi Jeko.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport