

Xorvatlar 3-marotaba JCHda kuchli to'rt ishtirokchi qatoridan joy olishdi. Bundan tashqari, ular 2-marotaba bronza medali uchun bahsda ishtirok etishadi. 1998 yil Xorvatiya 2:1 hisobida Niderlandiyani engib, 3-o'rinni qo'lga kiritgan. Shu bilan birga mazkur terma jamoa 2018 yil Rossiyadagi mundial finalida Fransiyaga (4:2) imkoniyatni boy bergandi.
Eslatib o'tamiz, Xorvatiyaga bo'lajak bahsda Fransiya yoki Marokash raqiblik qiladi. JCH-2022 bronza medali uchun uchrashuv 17 dekabr kuni “Xalifa Milliy” stadionida (20:00) bo'lib o'tadi.



