

Aytishimiz mumkinki, "temiryo'lchilar" tarkibida Farhod Abdumavlonov, Sarvar Shoahmedov kabi tajribali nomlar to'p tepdi. Ulardan biri Farhod Abdumavlonov futzal borasida o'z takliflarini bildirdi.
"Bizni arenaga kelib qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman. Har bir o'yinda maksimal harakat qildik. Bu o'z samarasini berdi va bronza medallari nasib qildi. Ikkinchi o'rin uchun ham imkoniyatimiz bor edi.
Albatta, chempionatda raqobat yaxshi bo'ldi. Kuchli jamoalar ko'p bo'lgani maqul. Bu chempionatimiz saviyasiga ta’sir qiladi. Keyingi mavsumlarda VAR tizimini futzalga ham olib kirishni taklif qilardim, chunki Yevropada, Jahonda bu narsa qo'llanilmoqda. Ko'p bahsli vaziyatlarda VAR yordamga kelardi",- deydi Farhod Abdumavlonov.



