JCH saralashdagi raqibimiz Saudiya Arabistoni Yamayka bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Tarkibga 28 futbolchi chaqirildi

Xayrulla Xoliqov
11 noya 2020, 13:33
Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Erve Renar terma jamoa ro'yxatini e'lon qildi.

Ma'lumki, Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichida biz bilan bitta guruhda bahs olib boryapti hamda guruhda birinchi o'rinni kim egallashi katta ehtimol bilan mana shu jamoaga qarshi bahsdan so'ng oydinlashadi. 

O'zbekiston terma jamoasi sentyabrda Tojikiston, oktyabrda Eron va BAAga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. JCH saralashdagi asosiy raqibimiz Saudiya Arabistoni esa yil boshidan beri koronavirus sabab hali bironta yig'in o'tkazgani yo'q. 

Mana endi saudiyaliklar noyabrdagi FIFA kunlaridan foydalanib ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi va har ikkala bahs Yamayka terma jamoasi bilan bo'lib o'tadi. O'yinlar 14 va 17 noyabr kuni Ar Riyod shahridagi "Shahzoda Faysal bin Fahd" stadionida o'tkazilishi belgilab qo'yilgan.

Fransiyalik murabbiy Erve Renar mamlakat bosh jamoasiga 28 nafar futbolchini taklif etdi. Ular orasida Yosir Al Shahroni, Salman Faraj, Muhammad Kanno, Turki Al Ammar, Salim Al Dovsari, Navaf Al Obid, Firas Al Brikan kabi yulduzlar bor.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia