JCH-2022. Xorvatiya – Marokash bahsining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Eldor Akmurzayev
18 dek 2022, 08:15
Qatardagi mundial 3-o'rin uchun bahsida Xorvatiya 2:1 hisobida Marokashni engib, bronza medali sohibiga aylandi.
Uchrashuvda chiroyli tarzda hisobni ochgan Yoshko Gvardiol “man of the match” sovrinini qo'lga kiritdi. 20 yoshli himoyachi Ivan Perishichning havodan uzatgan to'pini boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.