JCH-2022 saralashi. Vidal gol urgan o'yinda Chili yutqazdi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2020, 07:31
JCH-2022 saralashi doirasida 4-tur bahslari bo'lib o'tdi.

Chili terma jamoasi 4-tur doirasida Venesuela mehmoni bo'lib, 1:2 hisobida yutqazdi. Pino Mago va Salomon Rondonlarning goli mezbonlarga g'alaba keltirdi. Chililiklar safidagi yagona golga esa Arturo Vidal muallif bo'ldi.

Bu Venesuela uchun ushbu saralash bosqichida ilk g'alaba bo'ldi. Jamoa 3 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda. Chili esa 4 ochko bilan 6-o'rindan joy olgan.

Venesuela – Chili 2:1

Gollar: 1:0 – 9 del Pino Mago, 1:1 – 15 Vidal, 2:1 – 81 Rondon.

Venesuela – Farines, del Pino Mago (Konde, 90), Anxel, Osorio, Gonsales, Moreno, Errera, Machis (Chanselor, 90), Savarino (Soteldo, 70), Kasseres (Otero, 78), Rondon.

Chili – Bravo, Dias, Maripan, Bosejur, Isla, Pulgar (Vilches, 89), Pinares (Baesa, 46), Vidal, Sanches, Mora (Palasios, 76), Meneses.

Ogohlantirishlar: Maripan (8), Isla (46), del Pino Mago (88).

Yana bir uchrashuvda Paragvay terma jamoasi o'z uyida Boliviyani qabul qilib, 2:2 hisobida durang o'ynadi. Paragvay 6 ochko bilan 4-pog'onada, Boliviya esa atigi 1 ochko bilan so'nggi o'rindan joy olgan.

Paragvay – Boliviya 2:2

Gollar: 1:0 – 19, penalti Romero, 1:1 – 41 Moreno, 1:2 – 45 Sespedes, 2:2 – 72 Romero.

Paragvay – Silva, Gomes, Espinola (Peres, 62), Balbuena, Alonso (Roxas, 62), Sanches, Kardoso Lusena (Romero, 58), Ximenes (Vilyasanti, 83), Romero, Romero, Sanabriya.

Boliviya – Lampe, Montero, Juzino, Sagredo, Ribera, Xustiniano (Vayyar, 90), Saavedra (Sanches, 90), Sespedes (Abrego, 81), Moreno, Alvares (Chumasero, 70), Arse (Flores, 80).

Ogohlantirishlar: Juzino (35), Peres (71), Ribera (86), Roxas (90), Saavedra (90).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia