JCH-2022 saralashi. O'yinlar atrofidagi qiziqarli faktlar

Narzulla Saydullayev
15 okt 2019, 12:31
Qitamizda JCH-2022 va OK-2023 saralashi davom etmoqda. Ushbu saralash bosqichida bir qator o'yin atrofidagi qiziqarli faktlar kuzatiladi.

Bu haqda Alisher Nikimbaev o'z telegram kanalida yozib o'tdi.

Eronda 40 yil ichida ilk bor ayollarga futbol uchrashuviga kirishga ruxsat berildi. O'tgan haftada ayollar kelgan bahsda Eron Kambodjani 14:0 hisobida taslim qildi.

Iroq terma jamoasi 8 yil ichida ilk bor o'z mamlakatida o'yin o'tkazdi. 10 oktyabr kuni iroqliklar Gonkongni 2:0 hisobida mag'lub etishdi.

Bugun ham quyidagi ikkita e'tiborli vaziyat sodir bo'ladi

1990 yildan buyon birinchi marta Janubiy Koreya Shimoliy Koreyada o'ynaydi. Mezbonlar mehmon davlatga televizion translyatsiya qilish huquqini berishmadi. Shu bois 1984 yildan beri ilk bor Janubiy Koreyaning safardagi o'yini TV orqali namoyish etilmaydi.

Saudiya Arabistoni terma jamoasi o'z tarixida birinchi bor Falastin hududida o'yin o'tkazadi. Qizig'i ushbu manzilga yetib borish uchun arablar o'zlari tan olmagan davlat hisoblangan Isroil chegarasidan o'tishdi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia