JCH-2022 saralash. Suriya bosh murabbiyi jamoa keyingi o'yinlarga tayyor bo'lishini aytmoqda

Xayrulla Xoliqov
7 iyun 2020, 16:08
5 iyun kuni OFK JCH-2022 saralash bosqichining navbatdagi taqvimini ma'lum qilganidan xabaringiz bor.

Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Nabil Malul OFK saytiga bergan intervyusida jamoasi kuzgi o'yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rishi haqida gapirdi. Ma'lumki, suriyaliklar "A" guruhida 5ta o'yindan so'ng 15 ochko bilan birinchi o'rinda borishyapti. Ikkinchi o'rindagi Xitoy hisobida 7 ochko bor.

"Yangi taqvimni ko'rib xursand bo'ldik. Baribir qachondir bu o'yinlarni ham o'tkazishimiz kerak, - deydi Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi. - Biz uchun vaqt etarli. Rasmiy bahslargacha yig'in va o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazamiz. Jamoa oktyabrga qadar yaxshi tayyorgarlikka ega bo'ladi deb umid qilaman".

Ma'lumot uchun, 57 yoshli tunislik murabbiy Suriya bilan 2022 yilning mart oyiga qadar kelishgan. Albatta, uning shartnomasini uzaytirish masalasi Suriyaning JCH saralash bosqichidagi ishtirokidan kelib chiqib hal qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com