JCH-2022 saralash. Feliks Sanches: "Omad kelmasa qiyin ekan"

Xayrulla Xoliqov
12 sen 2019
Jahon chempionati saralash bosqichi ikkinchi raund 2-turida Qatar terma jamoasi durang o'ynadi.

Qatarliklar uyda kutilmaganda Hindistonni enga olishmadi. Bahs 0:0 hisobida yakun topdi. Qo'lga kiritilgan durang natijani Qatar termasi bosh murabbiyi Feliks Sanches quyidagicha izohladi: 

- "Men natijadan xursand emasman. Biz g'alaba qozonishni juda xohlagandik, lekin bazan o'ylagan hamma rejang amalga oshavermaydi. Shuni aytishim mumkin, futbolda omad kelmasa qiyin. Biz 25ta xavfli vaziyat yaratib birortasini golga aylantira olmadik. Endi navbatdagi turda Bangladeshni mag'lub etishga harakat qilamiz".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia