JCH-2022. Qatardagi mundialdan betakror suratlar

Оқил Абдубарноев
19 dek 2022
Joriy yilgi jahon chempionatida yuzlab fotosuratchilar mehnat qilishdi.

Ushbu turnirda esda qolarli bo'lgan 22 fotosuratni sizlar bilan baham ko'ramiz.

Foto:  Dan Mullan

Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer "Xalifa" stadionida yaponiyalik himoyachi Maya Yoshida bilan to'p uchun kurashmoqda.

Foto: Lars Baron

Xorvatiyalik Luka Modrich "Al Bayt" stadionida Marokashga qarshi o'yinda ishtirok etmoqda.

Foto: Lars Baron

Xorvatiyalik Marselo Brozovich Marokashga qarshi o'yinda raqib jarima zarbasini chog'ida quyi bo'shliqni to'ldirish uchun yerda yotibdi.

Foto: Maykl Stil

Risharlison Braziliya tarkibida Serbiya darvozasini ishg'ol qilmoqda.

Foto: Dan Mullan

Argentinalik Enco Fernandes "Lusayl" stadionida Meksika darvozasiga to'p kiritdi.

Foto: Devid Ramos

Gana futbolchilari Janubiy Koreyaga qarshi o'yin oldidan maydonni ko'zdan kechirishga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Foto: Matias Hangst

"974" stadionda bo'lib o'tgan "C" guruhi o'yinida argentinalik Lionel Messiga polshalik Voycex Shesni tomonidan qo'pollik ishlatildi, bu esa hakamning VAR orqali kuzatuvidan so'ng penalti belgilanishiga olib keldi.

Foto: Shon Botterill

Kosta-Rikaga qarshi "Al Bayt" stadionida bo'lib o'tgan o'yinda Germaniya terma jamoasining zaxira o'rindig'ida o'tirgan futbolchilari guruh bosqichida qolib ketganidan keyin tushkunlikka tushishmoqda.

Foto: Fransua Nel

"974" stadionda shveytsariyalik Granit Jaka va serbiyalik Nikola Milenkovich o'rtasidagi to'qnashuv.

Foto: Mayya Hitij

"Ahmad Bin Ali" stadionida Argentinaning Avstraliyaga qarshi 1/8 final o'yini oldidan bolalar futbolchilar bilan maydonga chiqishga tayyorgarlik jarayonida Messi bilan suhbatlashmoqda.

Foto: Tolibjon Qosimov

Lionel Messi Avstraliyaga qarshi bahsda bir nechta raqibini aldab o'tmoqda. 

Foto: Lourens Griffits

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe “Al Tumama” stadionida bo'lib o'tgan 1/8 final uchrashuvida polshalik o'ng qanot himoyachisi Metti Kesh bilan to'pga egalik qilish uchun kurash olib bormoqda.

Foto: Fransua Nel

Braziliya futbolchilari Janubiy Koreya ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozonilgan o'yinda Neymarning golini nishonlashmoqda.

Foto: Aleks Grimm

Marokash futbolchilari "Education City Stadium"da Ispaniyaga qarshi 1/8 finalida penaltilar seriyasida qozonilgan g'alabani nishonlamoqda.

Foto: Patrik Smit

Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines "Lusail" stadionida Niderlandiya futbolchisi Van Deykning penaltidan yo'llagan zarbasini qaytarmoqda.

Foto: Shon Botterill

Argentina futbolchilari yarim finalga chiqish yo'lida Niderlandiyaga qarshi o'yindagi g'alabani nishonlamoqda.

Foto: Patrik Smit

Portugaliyalik Krishtianu Ronalduning JCH-2022 chorak finalida Marokashdan uchralgan mag'lubiyatdan (1:0) keyingi holati.

Foto: Aleksandr Hassenshteyn

Marokashlik Sofian Bufal jamoasi bilan Portugaliyani mag'lub etib, yarim finalga yo'l olgach, g'alabani onasi bilan nishonlamoqda.

Foto: Richard Hitkot

Harri Keyn "Al Bayt" stadionida Fransiyaga qarshi kechgan chorak final bahsi davomida penaltini ko'kka sovurdi.

Foto: Dan Mullan

Argentina hujumchisi Xulian Alvares "Lusail" stadionida Xorvatiyaga qarshi yarim finalda gol urmoqda.

Foto: Maykl Rigan

Fransiya hujumchisi Kilian Mbappe Marokash ustdan qozonilgan g'alabani nishonlamoqda, suratda PSJdagi sherigi Ashraf Hakimi bilan libos alishtirgandan keyingi holati.

Foto: Matias Hangst

Argentinalik Lionel Messi Jahon chempionati finalida Fransiyaga qarshi g'alabadan so'ng kubok taqdimotida sahnaga chiqmoqda.

Foto: Devid Ramos

Lionel Messi "Lusayl" stadionida jahon chempionligini kubok bilan birgalikda tantana qilmoqda.


Suratlar Getty Images saytidan olindi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Getty Images