JCH-2022. Kechagi 4 uchrashuvning eng yaxshi futbolchilari

Eldor Akmurzayev
30 noya 2022, 07:45
Qatardagi mundialning dastlabki 2 kvartetida guruh bosqich bahslari yakunlandi.

Ekvador – Senegal 1:2

Uchrashuvda g'alaba goli muallifiga aylangan Kalidu Kulibali “man of the match” sovrinini qo'lga kiritdi;

Niderlandiya – Qatar 2:0

O'yindagi dastlabki golga hammualliflik qilgan yarim himoyachi Devi Klassen uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi;

Uels – Angliya 0:3

Dublga erishgan Markus Reshford “man of the match” nomiga loyiq ko'rildi. U 50-daqiqada hisobni ochdi va 2-taym o'rtalarida hisobni yiriklashtirdi;

Eron – AQSH 0:1

Kristian Pulishich g'alaba goli muallifiga aylandi va bahsning eng zo'ri maqomini qo'lga kiritdi. Pulishich jarohati tufayli 2-taym startida zaxiraga olindi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia