⚡️ JCH-2022. Bugun uchinchi o'rin uchun bahs bo'lib o'tadi

Eldor Akmurzayev
17 dek 2022, 07:45
Bugun, 17 dekabr kuni Qatardagi mundialning bronza medali sohibi aniqlanadi.

3-o'rin uchun bahsda Xorvatiya TJ Marokash bilan to'qnash keladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da “Xalifa Milliy” stadionida boshlanadi. Uni qatarlik Abdurahmon Al Jassim boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Eslatib o'tamiz, xorvatlar 2-marotaba bronza medali uchun bahsda ishtirok etishadi. 1998 yil Xorvatiya 2:1 hisobida Niderlandiyani engib, 3-o'rinni qo'lga kiritgan. Shu bilan birga mazkur terma jamoa 2018 yil Rossiyadagi mundial finalida Fransiyaga (4:2) imkoniyatni boy bergandi. Marokash esa sovrindorlar qatoridan joy olgan birinchi Afrika termasiga aylanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia