JCH-2018 uchun Rossiyaga borgan 5 ming muxlis hali ham mamlakatni tark etmadi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2019, 17:38
2018 yilgi Jahon chempionatini ko'rish uchun muxlis pasporti bilan Rossiyaga kirgan 5 mingdan ortiq ishqiboz hali ham mamlakatni tark etgani yo'q.

Rossiyaga mundialni ko'rish uchun 650 ming muxlis tashrif buyurgan. Ularning ko'pchiligi qonunda belgilangan muddat ichida mamlakatdan chiqib ketishdi.

Fan-ID orqali Rossiyada yashash yil oxirigacha cho'zilgan edi. Ayni damda 5,5 ming ishqiboz Rossiyada va xavfsizlik xizmati organlari yordamida ularning barchasi mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Эхо Москвы