JCH-2018 murabbiylari. "D" guruhi

Narzulla Saydullayev
18 may 2018, 15:23
Rossiyada o'tadigan Jahon chempionatida ishlaydigan bosh murabbiylarni tanishtirib boramiz.

JCH-2018 murabbiylari. "A" guruhi

JCH-2018 murabbiylari. "B" guruhi

JCH-2018 murabbiylari. "C" guruhi


Navbat "D" guruhi terma jamoalari bosh murabbiylariga yetib keldi.


ARGENTINA
XORXE SAMPAOLI (Argentina)
Tug'ilgan sana:
13 mart 1960 yil
Tug'ilgan joy: Santa Fe, Argentina
Boshqargan jamoalari: "Xuan Aurich", "Sport Boys", "Koronel Bolognesi", "Sporting Kristal", "O'Xiggins", "Emelek", "Universidad de Chili", Chili MTJ, "Sevilya".
2017 yil 20 maydan buyon Argentina bosh murabbiyi.
Murabbiylikdagi yutuqlari: Chili chempioni-2011, 2012, Sudamerikan kubogi sohibi-2011, Amerika kubogi sohibi-2015.


XORVATIYA
ZLATKO DALICH (Xorvatiya)
Tug'ilgan sana
: 26 oktyabr 1966 yil
Tug'ilgan joy: Livno, Bosniya va Gertsegovina
Boshqargan jamoalari: "Varteks", Xorvatiya U-21, "Rieka", "Dinamo Tirana", "Slaven Belupo", "Al Faysali", "Al Hilol", "Al Ayn".
2017 yil 7 oktyabrdan buyon Xorvatiya bosh murabbiyi.
Murabbiylikdagi yutuqlari: Xorvatiya kubogi finalchisi-2006, Albaniya Superkubogi sohibi-2008, Saudiya Arabistoni Shaxzoda kubogi sohibi-2013, BAA Prezidenti kubogi sohibi-2014, BAA chempioni-2015, BAA Superkubogi sohibi-2015, OFK chempionlar ligasi finalchisi-2016.


ISLANDIYA
XEYMIR XALLGRIMSSON (Islandiya)
Tug'ilgan sana
: 10 iyun 1967 yil
Tug'ilgan joy: Vestmannayer, Islandiya
Boshqargan jamoalari: "Xottur", "IBV".
2013 yildan buyon Islandiya bosh murabbiyi.
Murabbiylikdagi yutuqlari: Islandiya chempioni-2008.


NIGERIYA
GERNOT ROR (Germaniya)
Tug'ilgan sana:
28 iyun 1953 yil
Tug'ilgan joy: Manneym, Germaniya
Boshqargan jamoalari: "Bordo", "Kreteil", "Nicca", "Yang Boys", "Ayachcho", "Etual de Sahel", "Nant", Gabon MTJ, Niger MTJ, Burkina-Faso MTJ.
2016 yil avgust oyidan buyon Nigeriya bosh murabbiyi.
Murabbiylikdagi yutuqlari: UEFA kubogi finalchisi-1996.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia