JCH-2018. Finlyandiya saralash bosqichidagi ilk g'alabasiga erishdi

3 sen 2017, 00:32
Yevropa mintaqasining I guruhida qatnashayotgan Finlyandiya terma jamoasi o'z maydonida Islandiya termasidan ustun kelib, saralash bosqichidagi ilk g'alabasini tantana qildi.

Uchrashuvdagi yagona gol 8-daqiqada Alksandr Ring hisobida yozildi. Bellashuvning 75-daqiqasidan boshlab islandiyalik bir kishi kam bo'lib harakat qilishdi. Ryurik Gislason qizil kartochka olib, maydonni muddatidan oldin tark etdi. Shu tariqa finlar guruhda ilk uch ochkoni ishlab olishdi.

Yevropa mintaqasining G guruhida Albaniya termasi ortiqcha qiyinchiliksiz Lixteynshteyn termasidan ustun keldi.

JCH-2018 - Yevropa. I guruhi. 7- tur

Finlyandiya 1 : 0 Islandiya

1:0 – Ring – 8


I guruhidagi vaziyat:

1. Xorvatiya – 13 ochko (6 o'yin);

2. Islandiya – 13 (7);

3. Turkiya – 11 (6);

4. Ukraina – 11 (6);

5. Finlyandiya – 4 (7);

6. Kosovo – 1 (6).


JCH-2018 - Yevropa. G guruhi. 7- tur

Albaniya 2 : 0 Lixtenshteyn

1:0 – Roshi – 54, 2:0 – Agoli – 78

G guruhidagi vaziyat:

1. Ispaniya – 16 ochko (6 o'yin);

2. Italiya – 16 (6);

3. Albaniya – 12 (7);

4. Izrail – 9 (6);

5. Makedoniya – 3 (6);

6. Lixtenshteyn – 0 (7).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia