Fransiya JCH yo'llanmasini naqd qildi

11 okt 2017, 01:55
JCH-2018 saralash bosqichi Yevropa mintaqasida guruh uchrashuvlari yakuniga etdi.

A guruhi peshqadami Fransiya terma jamoasi o'z maydonida Belarus termasidan ustun keldi va kichik hisobda g'alabaga erishib, guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritdi va JCH yo'llanmasini naqd qildi.
Gollandiya termasi esa o'z maydonida Shvetsiyani (2:0) mag'lub etishiga qaramay, to'plar nisbatidagi farq bois Shvetsiyadan keyin guruhda uchinchi o'rinni egallab, JCH bilan xayrlashdi.

JCH-2018 - Yevropa. A guruhi. 10- tur


FransiyaBelarus2:1.

Gollar: 1:0 – Grizmann – 27, 2:0 – Jiru – 33, 2:1 – Saroka – 44


Gollandiya –Shvetsiya2:0

Gollar: 1:0 – Robben – 16 (pen), 2:0 – Robben – 40


LyuksemburgBolgariya1:1

Gollar: 1:0 – Till – 3, 1:1 – Chochev – 68


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia