JCH-2018. Daniya safarda Irlandiyani yirik hisobda taslim etdi va JCHga yo'llanmani naqd qildi

15 noya 2017, 02:46
O'tish turnirida Irlandiya bilan bahs olib borgan Daniyalik futbolchilar javob o'yinini safarda o'tkazishlariga qaramay raqibni tor-mor etishdi.

Daniyaliklar safida Kristian Eriksen xet-trikka erishib, jamoasining JCH-2018ga yo'l olishini taminladi.

Shu tariqa Daniya JCH-2018 ga yo'llanma olgan 30-terma jamoa sifatida qayd etildi.

JCH-2018 saralash bosqichi.

O'tish turniri

Javob o'yini

Irlandiya – Daniya 1:5

Gollar:1:0 – 6 Daffi, 1:1 – 29, avtogol Kristi, 1:2 – 32 Eriksen, 1:3 – 63 Eriksen, 1:4 – 73 Eriksen, 1:5 – 90, penalti Bendtner.

Irlandiya – Rendolf, Klark (Long, 71), Daffi, Uord, Kristi, Meyler (Xulaxan, 46), Makkleyn, Breydi, Xendrik, Arter (Makgidi, 46), Merfi.

Daniya –Shmeyxel, Ker, Belland, Kristensen, Larsen (Ankersen, 54), Dileyni, Kvist, Eriksen, Sisto, Poulsen (Kornelius, 70), Yorgensen (Bendtner, 84).

Birinchi o'yin– 0:0



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia