Javohir Sidiqov: "Shunday o'yinlar yanada ko'proq bo'lsa yaxshi bo'lardi"

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2016, 14:25
O'zbekiston U-23 terma jamoasi Iroq bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Uchrashuvdan keyin O'zbekiston yoshlari yarim himoyachisi Javohir Sidiqov o'z fikrlarini bildirdi.

"Iroq milliy terma jamoasiga qarshi o'yin og'ir o'tdi. O'zimizdan katta futbolchilarga qarshi o'ynash doim og'ir. Bizning jamoaga ham 3 nafar yoshi katta futbolchining qo'shilgani albatta yordam berdi.

Ko'plab do'stlarimiz bilan ko'rishdik, anchadan buyon bu tarkibda o'ynamagandik. Bunday yig'inlar va o'yinlar yanada ko'proq bo'lishini istardim. Shunda tajriba ham oshardi, yigitlar bilan ham ko'rishib turardik", - deydi Sidiqov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia