Javlon Ibrohimov: “G'alaba qozonganimizdan xursandman”

“Qizilqum”- “Bunyodkor” (0:1) uchrashuvida mehmonlarga g'alaba keltirgan yagona golga “qaldirg'ochlar” sardori Jovlon IBROHIMOV mualliflik qildik.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan himoyachi o'yin haqida quyidagicha fikr bildirdi.

- G'alaba qozonganimizdan xursandman. Juda qiyin o'yin bo'ldi. Bunday bahslarda birgina gol o'yin taqdirini hal qiladi. Gol urib jamoamga foyda keltirganimdan baxtiyorman, deydi “qaldirg'ochlar” sardori.


Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати.