Jasur Yaxshiboev yozda boshqa klubga o'tishi mumkin

Alisher
25 iyun 2020
Minskning "Energetik-BGU" jamoasi hujumchisi Jasur Yaxshiboev yozda boshqa Belarus klubiga o'tishi mumkin.

Bu haqda Anna Kuzmich "Sport-centr" efirida ma'lum qildi. "Belarus 5"ning xabariga ko'ra, futbolchiga BATE va "Dinamo" (Minsk) klublari qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi joriy mavsum chempionatda 13ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, Jasur Yaxshiboevning transfer huquqi "Paxtakor"ga tegishli.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia