Jasur Yaxshiboev: "AGMKdagi o'yinlarim orqali milliy jamoadan chaqiruv olishni maqsad qilganman"

9 avg 2019, 13:26
"Paxtakor"dan yil oxiriga qadar ijaraga olingan Jasur Yaxshiboev AGMKdagi ilk kunlaridan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Paxtakor"dan ketish yoki ketmaslik haqida uzoq o'yladim. Bu oson bo'lgani yo'q. Lekin u yerda o'yin amaliyotisiz qolgandan ko'ra o'ynashni afzal bildim. Ochig'i, muzokaralar davomida AGMKga o'tish borasida bir to'xtamga kelish qiyin kechdi. Biroq bosh murabbiy Mirjalol Qosimov bilan bo'lib o'tgan suhbatdan keyin AGMKga o'tish qaroriga kelish oson bo'ldi. Murabbiyning ishonchi meni yanada ruhlantirdi. "Paxtakor"da jarohatdan so'ng asosiy tarkibga kirish imkoniyatim ancha pasayib ketgandi. O'zim uchun ham AGMK chorlovi qiziqarli va muhim bo'ldi. Buyog'iga yana maydonga tushib, o'z kuchimni ko'rsatishim va nimalarga qodirligimni isbotlashim zarur. Yangi jamoaga moslashish jarayoni kun sayin osonlashmoqda. Albatta, tezda yangi kollektivga kirishib ketishning imkoni yo'q. Lekin ko'rinib turibdi, jamoa ahil. O'ylaymanki, tez fursatda yangi jamoaga moslashib, AGMK uchun jon kuydirib o'ynayman. Menga imkoniyat taqdim etgani uchun klubga, ishonch uchun Mirjalol Qosimovga tashakkur bildiraman. AGMK libosida jamoaga foyda keltirish uchun kuchimni ayamayman. Bu transfer har ikkala taraf uchun manfaatli bo'lishi uchun harakat qilaman. AGMKdagi o'yinlarim orqali MTJ murabbiylar shtabi e'tiboriga tushishni va o'zimning optimal formamni tiklashni maqsad qilganman. Qisqa fursatda olmaliqlik muxlislar e'tibori va etirofiga loyiq bo'lishga harakat qilaman.

O'xshash yangiliklar


Manba: АГМК матбуот хизмати