Jasur Jaloliddinov O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'iniga chaqirildi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2019, 08:15
Bilasiz, Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi ertadan boshlab poytaxtimizda yig'inga kirishadi.

Mazkur yig'inga “Lokomotiv” jamoasi himoyachisi Oleg Zoteev ham chaqirilgan edi. Biroq futbolchida bosh va orqa miya qobig'ining shamollashi (meningit) kuzatildi. Shu sabab Zoteev bu galgi yig'inda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.

Uning o'rnini O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zosi Sharof Muxitdinov egallaydigan bo'ldi.

O'z navbatida olimpiya terma jamoasi yig'inida esa Muxitdinov o'rniga Jasur Jaloliddinov ishtirok etadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz