

Aslida "Paxtakor" maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Jasur Hakimov oxirgi ikki yilni "So'g'diyona"da o'tkazdi. Ayni paytda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ixtiyorida bo'lib turgan futbolchi 2016 yilgi mavsumni "sherlar" safida boshlashi mumkin.
Ma'lumot uchun, Hakimov oxirgi ikki yilda "So'g'diyona" safida 41ta o'yinda maydonga tushib 10ta gol urdi.




