Jarohatlardan aziyat chekayotgan "Arsenal" "Real" himoyachisiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
18 dek 2025, 18:43
Joriy mavsum "Arsenal" himoya chizig'idagi jarohatlar sabab ancha qiynaldi - bu Mikel Artetega eng kuchli himoyani maydonga tushirishga imkon bermadi.

Shuni inobatga olgan holda, ispaniyalik murabbiy orqa chiziqni kuchaytirish variantlarini izlamoqda. Nomzod uning vatanidan topildi.

"Metro" xabariga ko'ra, londonliklar Madridning "Real" jamoasi himoyachisi Viktor Valdepenyasni diqqat bilan kuzatmoqda. 19 yoshli himoyachi markazda ham, himoyaning chap qanotida ham o'ynay oladi.

O'tgan yakshanba kuni Valdepenyas "Real" asosiy tarkibida debyut qildi. Bu holat uni yozda Valdebebasdan ketish fikridan qaytarishi mumkin, chunki bu uning rivoji uchun muhim turtki hisoblanadi. Shunga qaramay, "Arsenal", shuningdek, nemis grandlari - "Borussiya" Dortmund va "Bayer" Leverkuzen ham unga qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Metro.co.uk