

"Chelsi" himoyachisi Ris Jeyms "Bornmut"ga qarshi APL 17-turidagi o'yinda jarohat oldi. 51-daqiqada Ris murabbiylardan o'ng oyog'idagi muammo sabab almashtirishni so'radi. Shundan so'ng chimga yiqildi va ko'zyoshlarini tiya olmadi.

Eslatib o'tamiz, bu o'yin Ris Jeyms uchun oktyabr oyidan beri ilk o'yin edi. Futbolchi 11 oktyabr kuni "Milan"ga qarshi YCHL o'yinida jarohat olgan va shu sabab Jahon chempionatini o'tkazib yuborgandi.



