Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchilari JCH-2018ga chiqqani uchun qancha mukofot puli olishdi?

Aslanov Jasurbek
11 apr 2018, 14:50
Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchilari jahon chempionatiga chiqqani uchun o'z futbol federatsiyasidan mukofot puli olishdi.

Milliy futbol boshqaruv tashkiloti bonus tariqasida 2,4 mlrd von (2,24 mln. dollar) to'lagani ma'lum qilindi.

Saralash bosqichida hech bo'lmasa bir marta milliy jamoaga chaqirilgan futbolchi ham bonus olishga muvaffaq bo'ldi.

Koreya futbol assotsiatsiyasining ma'lum qilishicha, futbolchilar g'alabalarga qo'shgan hissasi bo'yicha 4 guruhga bo'lindi va eng muhimlariga 80 mln. von (75 ming dollar), ikkinchi guruhdagilarga 60 mln. von (56 ming dollar) to'landi. Uchinchi guruhga kirganlar 40 mln. von (37 ming dollar), qolganlar esa 30 mln. vondan (28 ming dollar) mukofot puli olishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Yonhap