Janni Infantino: Rossiya JCH-2018 ni o'tkazishga tayyor

21 fev 2018, 08:51
Rossiyaning 99 foiz JCH-2018 ni o'tkazishga tayyorligi haqida FIFA prezidenti ishonch bilan gapirmoqda.

Bu haqda AFP xabar bermoqda.

Rossiya JCHga 99 foiz tayyor. Rossiyaga kimki musobaqa davomida tashrif buyurar ekan, bu yerda vaqtini ajoyib o'tkazishiga shubha yo'q, - deydi Infantino.

Rossiyadagi JCH-2018 musobaqasi 14 iyundan 15 iyulga qadar 11 ta shaharda o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AFP