Jamshid Saidov: "Birinchi bo'limda rejamiz ish bermadi. Ikkinchi bo'limda esa..."

Narzulla Saydullayev
1 okt 2020, 20:54
Superliga 18-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Navbahor"(0:0) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Birinchi galda ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabriklayman. Ularga sog'lik va salomatlik tilayman. O'yin haqida nima deyishim mumkin? Doimgidek og'ir o'yin bo'ldi. Mazkur uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. "Navbahor" qanday kuchga ega jamoa ekanligi ma'lum edi. Albatta, o'yin davomida taktik va texnik xatolar bo'ldi. Shunday bo'lsada futbolchilarimga ajoyib o'yin va g'alabaga bo'lgan xohish uchun rahmat aytmoqchiman. 

Bugun jamoamizda uch nafar futbolchi Superligadagi debyutini o'tkazdi. Biz har bir uchrashuvga ohirgi o'yinga chiqqandek munosabatda bo'lyapmiz. Turnir jadvali barchasini aytib turibdi. Birinchi bo'limda Jasur Hakimov jarohat oldi. Shu bois uni almashtirdim. Shu sababli ularning o'rniga yoshlarni tushurishga majbur bo'ldik. Ha, rejamiz himoyaga e'tibor bergan holda qarshi hujumlardan foydalanish edi. Birinchi bo'limda rejamiz ish bermadi. Ikkinchi bo'limda esa vaziyatlarga ega bo'ldik",- deydi Saidov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia