Jamshid Hasanov: "Superligadagi xatolarni kubokda takrorlamasligimiz kerak"

Aslanov Jasurbek
24 iyul 2020, 18:25
Viktor Kumikov boshqaruvidagi "Andijon" jamoasi O'zbekiston kubogida AGMK, "Navbahor", "Metallurg" jamoalari bilan bir guruhdan o'rin oldi.

Superligada omadi yurishmayotgan "Andijon" jamoasi O'zbekiston kubogida g'alaba uchun harakat qilishi tabiiy. Ushbu so'zlarimizga jamoaning tajribali futbolchisi Jamshid Hasanov ham qo'shilgan holda o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'ylashimcha oson guruhni o'zi yo'q. Barcha guruhlarda vaziyat bir xil. Biz ham iloji boricha muxlislarimizni g'alabalar bilan xursand qilishga harakat qilamiz. Maydonga faqat muvaffaqiyat ilinjida tushamiz. Balki, Superligada o'zimizni ko'rsata olmayotgandirmiz. Umid qilamanki, barchasi yaqin kunlarda ortda qoladi. Jamoalarning barchasi tanish. O'zimiz bilgan jamoalar. Chempionatdagi xatolarni kubok bahslarida takrorlamasligimiz kerak. Shuni uddasidan chiqa olsak yaxshi natijalarga erishamiz degan umiddaman",-  deydi Jamshid Hasanov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia