

"Qiyin o'yin bo'lishini bilardik. O'z xatolarimiz evaziga gol o'tkazib yubordik. Yaratgan ilk vaziyatimizdan foydalanganimizda umuman boshqacha o'yin bo'lardi.
Erta o'zgartirish? Buni murabbiydan men iltimos qildim. Umuman, bahs oldidan maydonga tushishim so'roq ostida edi. O'zimni juda yomon his qildim va maydonni erta tark etdim. "Metallurg"ga qarshi o'yinda ham shunday holat kuzatilgandi", - deydi Masharipov.



