Jaloliddin Masharipov: "Bundan buyon o'rtoqlik uchrashuvi deb yutqazavermasligimiz kerak"

Aslanov Jasurbek
14 noya 2021, 13:15
O'zbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Kechagi mashg'ulotlar Zestafoni jamoasi maydonida bo'lib o'tdi. Yig'in va Gruziya bilan o'yin haqida Jaloliddin Masharipov fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Klubimda hammasini yaxshi, deya olmayman. So'nggi 1-2ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchradik. Saudiya Arabistoni chempionati juda kuchli. O'zim borib o'ynab buni tushunib etdim. Oxirgi o'rindagi jamoa yetakchi klublarni yutib qo'yishi mumkin. 

"Terma jamoada o'rganish jarayoni ketmoqda. Futbolchilar murabbiy nima deganini tushunib olishga harakat qilmoqda. Bundan buyon o'rtoqlik uchrashuvi ekan deb yutqazaverish kerak emas. Milliy terma jamoa ishtirokidagi o'yinlarni hamma tomosha qiladi. Gruziyaga g'alaba qozonish uchun keldik. Boisi avvalgi yig'inda darajamizdan past bo'lgan terma jamoaga mag'lub bo'lgandik. Gruziya kuni kecha Shvetsiya ustidan g'alaba qozondi. Hozircha Gruziyani yutishimizga va chiroyli o'yin ko'rsatishimizga ko'zim etyapti. Hamma yigitlar o'ziga ishonsa va murabbiyning ko'rsatmalarini to'liq bajarsa yutsak bo'ladi",- deydi Jaloliddin Masharipov

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати