Jaloliddin Masharipov: "Fint bilan ishqibozlarni ham xursand qilib turish kerak"

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2019, 14:01
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Turkmanistonga qarshi bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichining 2-tur o'yinidan (4:0) so'ng, bahsda bajargan fintlari haqida fikr bildirdi.

"Fint qilish refleksga aylanib qolgan, bu harakatlarim o'zbek muxlislariga yoqadi. Ishqibozlarni ham xursand qilib turish kerak. Ushbu harakatlarni amalga oshira oladigan boshqa futbolchilarimiz etarlicha. Biroq fintlarni vaziyatga qarab amalga oshiraman, hisob tengligida fint qilib, to'pni yo'qotib qo'ysangiz murabbiy g'azablanishi tayin.
Navbatdagi o'yin Yaponiyaga qarshi. Bu jahon darajasidagi terma jamoa. Ushbu uchrashuvda o'z kuchimizni sinab ko'rmoqchimiz. G'alaba qozonishga harakat qilamiz" - deydi Masharipov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia