Jaka “Arsenal” bilan shartnomasini uzaytirdi

15 iyun 2018, 22:22
“Arsenal” yarim himoyachisi Granit Jaka London klubi bilan ko'p yillik shartnomaga imzo chekdi.

Bu haqada “kanonirlar” rasmiy sayti xabar bermoqda.

Shveytsariyalik futbolchi 2016 yilda “Arsenal” safiga kelib qo'shilgandi. Joriy mavsumda u APLda barcha 38 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

“Granit biz bilan shartnomani uzaytirganidan xursandman. U tarkibimizning muhim qismi. Jaka yosh va hali o'sishda davom etadi. O'ylashimcha, u Shveytsariya termasi tarkibida JCH bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazadi va mavsumga shay holda tarkibimizga kelib qo'shiladi”, deya ta'kidlab o'tdi “Arsenal” ustozi Unai Emeri.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Арсенал" расмий сайти