

OFK Futzal va Sohil futboli Qo'mitasi har bir yirik musobaqa vaqtida o'z yig'ilishini o'tkazadi. Xoshiminda o'tgan bu safargi yig'ilishda O'zbekiston futzal Assotsiatsiyasi vice-prezidenti Jahongir Usmonov ham ishtirok etdi. Unda futzal va sohil futboliga oid masalalar ko'rib chiqildi.
Eslatib o'tamiz, Jahongir Usmonov OFK Futzal va Sohil futboli Qo'mitasi a'zosi hisoblanadi.




