Jahongir Ortiqxo'jaev: "Paxtakor" nafaqat Toshkent yoki O'zbekistonda, balki dunyo arenalarida ham chempionlikni o'z qo'liga olishi uchun barcha harakatlarni amalga oshiramiz"

Aslanov Jasurbek
6 noya 2021, 23:28
Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev "Paxtakor" klubini chempionlik bilan tabriklab, klubning kelajakdagi rejalari qanday ekanligi haqida gapirdi.

"Paxtakor" 14-marta chempion bo'lganligi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Klub Toshkent shahri hokimligi tasarrufiga o'tganiga oz fursat bo'lganiga qaramay, biz chempionlik yo'lida qo'limizdan kelgan barcha ishlarni qildik va bunga erisha oldik. "Paxtakor"ni kelajagi qanday bo'ladi degan savolga biz,  "Albatta, jamoani yangi va qudratli yoshlar bilan quramiz", -deb javob beramiz. "Paxtakor" nafaqat Toshkent yoki O'zbekistonda, balki dunyo arenalarida chempionlikni o'z qo'liga olishi uchun barcha harakatlarni amalga oshiramiz", -deydi Jahongir Ortiqjo'jaev.


Ma'lumot uchun: Toshkent shahar hokimi - Jahongir Ortiqxo'jaev Paxtakor futbol klubi raisi sanaladi.

Klub raisining so'zlaridan xulosa qiladigan bo'lsak, tez orada Paxtakor jamoasida avlodlar almashuvi amalga oshishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia