Jahon chempioni "Sepaxon"ga o'tishga yaqin

Narzulla Saydullayev
17 avg 2024, 15:23
Eronning "Sepaxon" klubi o'z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Eron nashrlarining xabariga ko'ra, fransiyalik himoyachi Stiven Nzonzi faoliyatini "Sepaxon"da davom ettiradi. "Blekbern", "Stok Siti", "Sevilya", "Roma", "Galatasaroy", "Renn" va "Ar Rayan" klublari sobiq futbolchisi ayni paytda Isfaxon shahriga yetib borgan va tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Nzonzi 2018 yil Fransiya terma jamoasi safida Jahon chempioni bo'lgan.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia