"Roma" futbolchisi "Al Rayyan"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
5 sen 2021, 11:10
"Roma" yarim himoyachisi Stiven Nzonzi katta ehtimol bilan faoliyatini Qatarda davom ettiradi.

32 yoshli francuz "Al Rayyan"ga o'tishga yaqin turibdi. Tomonlar 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma borasida kelishib olishgan.

"Roma" futbolchisini tekinga qo'yib yuborishga rozi bo'lgan. Nzonzi so'nggi ikki mavsumni "Renn" tarkibida ijarada o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal