"Roma" futbolchisi Fransiya chempionatiga ko'chib o'tishga yaqin

Alisher
25 iyul 2019, 11:59
"Roma" yarim himoyachisi Stiven Nzonzi faoliyatini Fransiyada davom ettirishga yaqin.

30 yoshli futbolchi "Monako"ga o'tishga yaqin turibdi.

Nzonzi "Roma"ga o'tgan yozda "Sevilya" klubidan kelib qo'shilgan edi.

Yarim himoyachi yakunlangan mavsum A Seriyada 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assistga erishgan.

Oldinroq Nzonzining "Lion"ga 20 million evro evaziga o'tishi mumkinligi to'g'risidagi xabarlar paydo bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Voce Giallorossa