

Tadqiqotning birinchi bosqichida 32tadan 8ta jamoa (birinchi savatchadagilar) ajratib olindi. Shunday qilib, sovrin uchun da'vogarlar safiga Fransiya, Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Belgiya, Polsha va Rossiya kirdi.
Ikkinchi bosqichda yetakchilar safini Rossiya tark etdi. Bunga sabab - rossiyaliklar turnir mezboni.
Keyin Polsha terma jamoasi favoritlardan chiqarib yuborildi - chunki polyaklar qolganlar orasida eng kuchsizi.
To'rtinchi bosqichda Yevropada o'tgan mundialda faqat ushbu qita vakillari hisobga olindi va Argentina hamda Braziliya ham ro'yxatdan o'chirildi.
Keyin darvozabon faktoriga e'tibor qaratildi, natijada Portugaliya terma jamoasi da'vogarlar safidan chiqdi.
Beshinchi bosqichda kuchli uchlikni Fransiya terma jamoasi tark etdi. Ular mundialdagi eng tajribasi kam jamoa.
Taxminiy finalga Germaniya va Belgiya terma jamoalari chiqishdi va belgiyaliklar g'alabaga erishishdi. Tadqiqotga ko'ra, tarixda faqat bir marta bitta terma jamoa ketma-ket ikki marta jahon chempioni bo'lgan.


