

Undan avval ishtirokchilarning barchasi, shuningdek, pley-off juftlik ishtirokchilari Xalqaro futbol federatsiyasining 31 mart kuni e'lon qilinadigan reytingi asosida to'rt savatga taqsimlanadi.
Birinchi savatga kim tushishi, yani sakkizta jamoa allaqachon aniq. Ushbu savatchadan Angliya, Argentina, Braziliya, Belgiya, Ispaniya, Portugaliya, Fransiya hamda musobaqa mezboni Qatar terma jamoasi o'rin egallaydi.
Ikkinchi savatchadan Germaniya, Niderlandiya, Daniya, Urugvay, Xorvatiya, Shveytsariya, uchinchisidan Eron, Janubiy Koreya, Marokash, Polsha, Serbiya, Yaponiya joy oladi.
4-savatchaga Gana, Kamerun, Saudiya Arabistoni, Ekvador, shuningdek, Yevropa pley-off bosqichi g'olibi (Shotlandiya, Ukraina yoki Uels) hamda qitalararo pley-off g'oliblari kiritiladi.



