

Kun doirasida 3 ta o'yin o'tkazildi. Angliya Panamani 6:1 mag'lub etdi, Yaponiya va Senegal 2:2 hisobida durang o'ynadi. Kolumbiya esa Polshani 3:0 ko'rinishida yutdi.
Umumiy hisobda bir kun doirasida 14 ta gol urildi. Bunday natija so'nggi 28 yil ichida qayd etilmagan edi. So'nggi bor mundial bir kunida urilgan 14 ta gol 1990 yilda sodir bo'lgandi. Ma'lumot uchun bunday statistika bir kunda 3 ta o'yin o'tkazilishga qarab tuzilgan.



