Jafar Irismetov: "Shogirdlarimni ruhan tayyorlay olmadim shekilli"

Narzulla Saydullayev
24 okt 2016, 18:51
"Obod" - "Mashal" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Jafar Irismetov o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin qiyin bo'lishini oldindan bilgandik. "Mashal" qarshi hujumda harakat qilishi va standart vaziyatlarga katta urg'u beradigan jamoa. Ikkinchi bo'limda bir qator vaziyatlar bo'ldi, afsuski hisobni tenglashtira olmadik.

Jizzaxdagi mag'lubiyatdan so'ng yigitlar ruhan tayyorlay olmadik deb o'ylayman. Mashg'ulotlardan xato qilgan bo'lishimiz mumkin", - deydi Irismetov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia