Jafar Irismetov: "Obod" futbolchilari bugun 150 foiz kuch bilan o'ynashdi"

Narzulla Saydullayev
23 sen 2016, 22:09
"Lokomotiv" - "Obod" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Jafar Irismetov o'z fikrlarini bildirdi.
"O'ylagan rejamiz amalga oshdi. Birinchi bo'limda Norxonov va Doniyor Hasanovni zaxirada qoldirdik. Dastlabki taymda 0:0 hisobini saqlab qolishni maqsad qilgandik. Ularni maydonga tushirganimizdan so'ng o'yinimiz kuchaydi va durangga erishdik.

Oldin ham aytganman, bu jamoada yil boshida ham ishlaganman. Jamoada katta o'zgarishlar qila olmayman, ammo bizga ochko suv va havodek zarur.

Bugun ochko yo'qotdikmi yoki "Lokomotiv"mi? O'yindan oldin kimdir menga durang bo'ladi deb aytsa xursand bo'lardim. Ammo o'yindan kelib chiqsak yutib turib oxirgi daqiqalarda ikki ochkoni yo'qotganimiz alamli.

Yigitlarga rahmat aytaman, ular 100 emas 150 foiz kuch bilan harakat qilishdi.

"Lokomotiv" balki bizni mensimagandir. Shu bois durang qayd etilgan bo'lishi mumkin", - deydi Jafar Irismetov.

"Obod" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia