

- Azamat Abduraimov o'zbek futboli yulduzi bo'lgan. Yubiley sharafiga uyushtirilgan futbol-shouga taklif qilganlaridan xursand bo'ldim va ishtirok etganimdan mamnunman. Shu kabi O'zbekiston futboli rivojiga hissasini qo'shgan murabbiylar, futbolchilar va mutaxassislar ishtirokida tadbirlar joriy qilib turilsa bundan xalqimiz, muxlislar va umuman barcha xursand bo'ladi. Azamat aka Abduraimovning yubiley yoshlari bilan muborakbod etaman va ularga kelgusida murabbiylik faoliyatlariga omad tilab qolaman.



