

"Mavsumning ilk uchrashuvida "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berganimizdan so'ng "Vodiy derbisi"ga qizg'in tarzda tayyorgarlik ko'rdik. "Neftchi"ga qarshi kechadigan bellashuvda maqsadimiz - Farg'onada ijobiy natija qayd etish. Oldimizga qo'yilgan maqsadga erishishga harakat qilamiz. Xudo xohlasa maydonda qo'limizdan kelgancha to'p surib muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman. Har ikki jamoaning imkoniyatini teng baxolayman. Boisi "derbi" maqomidagi o'yinlarda yaqqol favorit bo'lmaydi", - dedi Jabborov.



