Ixtiyor Toshpo'latov: “So'g'diyona"ga foydam tegishini xohlayman”

Narzulla Saydullayev
3 avg 2016, 08:55
Ma'lumki, oliy liganing 16-tur doirasida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z uyida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qiladi.
Ushbu o'yin oldidan “Mashal” jamoasidan kelib qo'shilgan hujumchi Ixtiyor Toshpo'latov o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

- “Sug'diyona” jamoasi safida bo'lganligimdan faxrlanaman. O'z viloyatimning jamoasi sharafini himoya qilishni judayam xohlardim. O'yinimni kuchaytirib, gollar o'rib, jamoamizni yuqori o'rinlarga olib chiqish mening maqsadim. “Sug'diyona”ga kelganimdan xursandman.

- Bo'lajak  o'yin oldidan fikringiz qanday?
- “Metallurg” jamoasi hozirgi kunda kuchli komandalardan biri. Jadvalda ham yuqori o'rinlarni egallamoqda. Biz ham shu o'rinda jamomiz bilan g'alaba uchun kurashamiz. “Sug'diyona” safida debyutim bo'ladi shuning uchun hayajon xam yo'q emas. Albatta jamoaviy o'yin ko'rsatib, maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz.

Dildora Xolboeva suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia