Italiyada hakam yo'q VAR'ga murojaat qildi

Alisher
21 okt 2020, 18:23
Italiya B Seriyasi doirasidagi "Askoli" - "Rejana" o'yinida qiziq holat ro'y berdi.

Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan to'rtinchi daqiqada mehmonlar ikkinchi golni urishdi va hisobni tenglashtirishdi, ammo yon hakam bayroqchasini ko'tardi va gol hisobga olinmadi.

Bosh hakam Franchesko Meravilya esa qo'li bilan VAR'ga murojaat qildi va takroriy vaziyatni ko'rmoqchi edi. Hakam B Seriyada VAR tizimi ishlamasligini yodidan ko'targan edi.

Uning baxtiga yon hakam to'g'ri qaror qabul qilgan bo'lib chiqdi. "Askoli" esa o'z uyida 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia