

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Mario Balotelli esa yangi jamoasidagi ilk o'yinini o'tkazmoqda. U 5-daqiqadayoq raqib darvozasini ishg'ol etib, dastlabki golini ham urishga erishdi.
Eslatib o'tamiz, “Monca” safida ko'pchilikka tanish bo'lgan Kevin-Prins Boateng ham harakat qiladi. Jamoa turnir jadvalida 26 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda.



